Mustaqillik bayrami arafasida keksalik gashtini surayotgan nuroniylar xolidan xabar olinmoqda
Keksalarni eʼzozlash, ularga hurmat-ehtirom koʻrsatish xalqimizga xos ezgu fazilatlardan. Bugun tuman hokimi Jahongir Nazarov koʻp yillar davomida jamiyatning turli sohalarida samarali mehnat qilgan Navro'z mahallasida istiqomat qilayotgan Roʻziboy Bekchonov, Hunarmand mahallasida yashovchi 93 yoshli Matchon ota Vaisov hamda Hurriyat mahallasida istiqomat qiluvchi faxriy oʻqituvchi Shokir Razzoqovlarning xonadonlarida boʻlib, ularni davlatimiz mustaqilligining 33 yilligi bilan samimiy tabrikladi. Tuman rahbari bilan suhbatda boʻlgan otaxonlar hurmat va mehr ogʻushida yashayotganliklarini, sogʻliqlari yaxshi, hayotlaridan rozi ekanliklarini aytib, keksalarga koʻrsatilayotgan doimiy eʼtibor va gʻamxoʻrlik uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdilar, duoga qoʻl ochib, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligini tiladilar.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati
Bosh sahifaga qaytish