Umumtaʼlim maktablarida yangi oʻquv yili boshlandi
Bugun erta tongdan mamlakatimizning barcha hududlarida boʻlgani kabi Bog‘ot tumanida ham mavjud 52 ta umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tdi. 1-son umumtaʼlim maktabida oʻtkazilgan tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi Jahongir Nazarov maktab jamoasini yangi oʻquv binosi va oʻquv yilining boshlanishi, shuningdek, bu yil maktab ostonasiga ilk qadam qo‘yayotgan bolajonlarni katta shodiyona — “Bilimlar kuni” bilan samimiy qutladi hamda ularning kelgusi o‘qishlarida muvaffaqiyatlar tiladi. An’anaga muvofiq, birinchi qo‘ngiroq chalinib, bolajonlar “Mustaqillik darslari”ga yo‘l olishdi. Tuman hokimi maktabdagi ta’lim jarayonlari bilan tanishib, 1-sinf oʻquvchilariga oʻquv qurollari toʻplamidan iborat “Prezident sovgʻasi”ni topshirdi.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati
Bosh sahifaga qaytish