Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Кўриш қобилияти ожизлар учун
Матн ҳажми
Сайт ранги
Тасвирлар

    Paxta karvoni

    • Qog'ozga chop etish


    Bogʻot tumanida 2024-yil uchun yetishtirilgan paxta xomashyosini yigʻib-terib olish mavsumining ramziy boshlanishi sifatida “Paxta karvoni” yoʻlga chiqdi. Shu munosabati bilan “Great cotton export” klaster qoshidagi paxta qabul qilish maskanida oʻtgan tadbirda Bogʻot tumani sektor rahbarlari, qishloq xoʻjaligi faxriylari va fermer xoʻjalik rahbarlari ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqan tuman hokimi Jahongir Nazarov paxtakor dehqonlarni agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarib, hosilni yigʻib olishdek masʼuliyatli mavsumga yetib kelganliklari bilan tabrikladi. Shuningdek, barchani hosilni nest-nobud qilmay yigʻib-terib olishga bor imkoniyatni safarbar qilishga chaqirdi. Shundan so‘ng, xirmon uyilgan karvonlar oʻlchov punkti tomon yoʻl oldi. Ayni damda tumandagi barcha fermer xoʻjaliklarida paxta yigʻim-terimi jadal surʼatlarda davom etmoqda. Ma’lumot uchun, joriy yilda tumanda 98 nafar fermer xoʻjaliklari tomonidan 6243 gektar maydonda paxta yetishtirildi.

    Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati



    Bosh sahifaga qaytish
ad

Nazarov Jahongir Baxramovich

Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani hokimi


     Sentyabr     
DuSeChPaJuShYa
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30 

Veb-sayt faoliyatini baholang?