Sayyor qabul: muammo va yechim
Mamlakatimizda xalq davlat organlariga emas balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak degan tamoyil asosida muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa fuqarolar murojaatlari bilan manzilli ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilgani muammolarni joyida ijobiy hal qilish imkonini bermoqda. Bu borada tuman hokimi Jahongir Nazarov boshchiligidagi sektor rahbarlari ishtirokida o‘tkazilayotgan uchrashuvlar, sayyor qabullar ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ashxobod mahallasi fuqarolari bilan tashkil etilgan navbatdan tashqari sayyor qabulda ham sektor rahbarlari tomonidan fuqarolarning moddiy yordam, kadastr, oliy oʻquv yurtida tahsil olish uchun kontrakt toʻlovini toʻlash, bandlik, ichki yoʻllar va ariqlarni taʼmirlash kabi masalalar boʻyicha murojaatlari tinglandi. Har bir murojaat tegishli soha mutaxassislari ishtirokida puxta o‘rganilib, huquqiy maslahat va amaliy yordam ko‘rsatildi. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni ijobiy hal qilish choralari ko‘rildi.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati
Bosh sahifaga qaytish