Hokim va yoshlar uchrashuvi
Yoshlarga eʼtibor va gʻamxoʻrlik, ularga zamonaviy bilimlar berish va iqtidorini rivojlantirish masalalari davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan bugungi davlat siyosatining eng muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylangan. Bugun tuman hokimi Jahongir Nazarov Bog‘zor mahallasida o‘ziga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashdi. Tuman rahbari ushbu yoshlarning har biri bilan batafsil suhbatlashdi, ularning muammolarini oʻrgandi. Muloqot davomida ularning oʻqish va mehnat faoliyatlarini davom ettirishlari, davolanish, subsidiya, tadbirkorlik bilan shugʻullanish uchun kredit ajratish kabi masalalar yuzasidan murojaatlari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Tuman hokimi uchrashuvda belgilangan chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha tegishli masʼul rahbarlarga qoʻshimcha topshiriqlar berdi.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati
Bosh sahifaga qaytish