Sayyor qabul: ko'plab murojaatlar o'z yechimini topmoqda
Bugungi kunda aholining turli qatlamlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni yoʻlga qoʻyish, muammolarni aniqlash va ularni joyida bartaraf etish dolzarb vazifalardan biridir. Shundan kelib chiqib, joriy yilning III choragi davomida “Hududgaz Xorazm” gaz taʼminoti filiali “Bogʻottumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi rahbariyati tomonidan Bogʻot tumanining “Oʻgʻizrabot” , “Maʼnaviyat”, “Oʻzgarish”, “Xunarmand”, “Gulzor”, “Naʼmuna”, “Yuksalish”, “Bogʻzor” mahallalarida sayyor qabullar tashkil etildi. Xalq qabulxonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu sayyor qabullarda gaz taʼminoti boʻlimi mutaxassislari ushbu mahallalarda yashovchi aholining murojaatlariga quloq tutishdi.
Sayyor qabullar gaz taʼminoti boʻlimi hamda isteʼmolchilar oʻrtasida taʼsirchan va samarali ochiq muloqot tarzida oʻtkazilib, unda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari vakillari tomonidan koʻtarilgan masalalar eshitilib, muammolarni tegishli tartibda joyida hal etish choralari koʻrildi. Shuningdek, sayyor qabullar davomida aholi oʻrtasida is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi kabi baxtsiz hodisalarning oldini olish, isteʼmolchilarning tabiiy gazdan oqilona va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilgan holda foydalanish, xonadonlardagi gaz uskunalari holatini koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tushunchalar ham berildi.
Qabulda ishtirok etgan fuqarolar tomonidan suyultirilgan gazning aholi xonadonlariga yetkazilish tartibi va ID-kartalari orqali tarqatilishi, gaz bosimi pastligi va tabiiy gaz isteʼmoli toʻlovlari masalalari boʻyicha murojaatlari, takliflari tinglandi.
“Bogʻottumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi nazorat va murojaatlar bilan ishlash
yetakchi muhandisi S.O.Abdullayeva
yetakchi muhandisi S.O.Abdullayeva
Bosh sahifaga qaytish