Hokim va yoshlar uchrashuvi
Yoshlarga eʼtibor va gʻamxoʻrlik, ularga zamonaviy bilimlar berish va iqtidorini rivojlantirish masalalari davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan bugungi davlat siyosatining eng muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylangan. Bugun tuman hokimi Jahongir Nazarov Yosh o‘smir mahallasi yoshlari bilan uchrashdi. Ochiq muloqot shaklidagi uchrashuvda tuman rahbari yoshlarning har biri bilan batafsil suhbatlashdi, ularning muammo va takliflarini oʻrgandi. Muloqot davomida ularning repetitorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida oʻquv markazi tashkil etish, oliy oʻquv yurtida tahsil olish uchun kontrakt toʻlovini toʻlash, subsidiya, kredit kabi masalalar yuzasidan murojaatlari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Muloqot yakunida tuman hokimi uchrashuvda belgilangan chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha tegishli masʼul rahbarlarga qoʻshimcha topshiriqlar berdi.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati
Bosh sahifaga qaytish