Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Кўриш қобилияти ожизлар учун
Матн ҳажми
Сайт ранги
Тасвирлар

    Yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati

    • Qog'ozga chop etish

    “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi davlatchilik, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalarini bundan keyin ham barqaror rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratdi”. Mazkur e’tirof O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2023-yil 16-noyabrda imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishda alohida ta’kidlangan.

    2023-yil 30-apreldagi umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida sud-huquq sohasi bo‘yicha “Miranda qoidasi”: shaxsni ushlash chog‘ida uning huquqlari va nima sababdan ushlangani sodda tilda tushuntirish berish shartligi, “Xabeas korpus” instituti: shaxs sudning qaroriga qadar ko‘pi bilan 48 soatdan ortiq ushlab turilishi mumkin emasligi, o‘lim jazosi taqiqlanishi, shaxsning sudlanganligi va undan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklashga asos bo‘lishi mumkin emasligi, mahbuslarga nisbatan insoniy munosabat va ularning qadr-qimmati ta’minlanishi shartligi, ma’muriy, fuqarolik, iqtisodiy, jinoiy javobgarlik va boshqa yo‘nalishdagi ishlarni ko‘rib chiqishda insonga nisbatan qo‘llaniladigan huquqiy ta’sir choralari – qonuniy maqsadga erishish uchun yetarli bo‘lishi hamda shaxsga imkon qadar yengillik yaratishi kerakligi, sudning qarorisiz hech kim uy-joyidan mahrum qilinmasligi kerakligi, imorat buzilishga tushganda buzishdan oldin uning qiymatiga mos kompensatsiya to‘lanishi shartligi, uy-joyga yoki shaxsning boshqa mol-mulkiga uning ruxsatisiz kirish, ularni ko‘zdan kechirish va tintuv o‘tkazishga faqat qonunda belgilangan holat va tartibda yo‘l qo‘yilishi haqidagi qat’iy normalar kiritildi.

    O‘z navbatida, Konstitutsiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan hujjat bo‘lishi, ya’ni uning normalarini sudlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llash amaliyotini yo‘lga qo‘yish maqsadida, bu masala yuzasidan Oliy sud Plenumining qarori qabul qilindi. Sud-huquq sohasini yana-da demokratlashtirish, Konstitutsiya ustuvorligi, qonun oldida tenglik, insonparvarlik, adolatlilik, sud hokimiyatining mustaqilligini ta’minlash, sud jarayonida tortishuv tamoyillarini tatbiq etish, aholining odil sudlovga bo‘lgan ishonchini oshirish, “Xabeas korpus” institutini kengaytirish, tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish bo‘yicha amalga oshirib kelinayotgan chora-tadbirlar aynan “Inson qadri uchun” g‘oyasini amalga oshirishga qaratilgan. Yangi tahrirdagi Konstitutsiya bilan O‘zbekistonda yangi ijtimoiy-siyosiy muhit shakllandi, davlat o‘ziga ulkan ijtimoiy-iqtisodiy majburiyatlarni oldi, mamlakat o‘zini ijtimoiy davlat sifatida e’lon qildi. Inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning mutlaqo yangi mexanizmlari tatbiq etildi. Davlat hokimiyatini tashkil etishning samarali yangi modeli joriy qilindi.

    Konstitutsiyamizda muayyan me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilinganligidan yoki qabul qilinmaganligidan qat’iy nazar, Bosh qomusimiz qoidalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilishini ta’minlash orqali demokratiya, inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlash mexanizmlari mustahkamlandi. Inson huquqlari va erkinliklariga oid aniq normalar soni uch barobardan ziyod ko‘paydi. Fuqarolarning shaxsiy huquqlari keng ko‘lamli masalalarni qamrab olgan normalar bilan yana-da mustahkamlandi. Inson huquq va erkinliklarini ta’minlash sudlar zimmasiga katta ma’suliyat yuklaydi. Har bir ish jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan ko‘rilib, inson taqdirini hal qilishda chuqur ma’suliyat bilan qonuniylik va insonparvarlik nuqtai-nazaridan yondashilmoqda.

    Darhiqiqat, bugun yurtimizda olib borilayotgan barcha yo‘nalishdagi islohotlarning markazida inson omili turibdi. Bu hayotiy haqiqatni Przidentimiz Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasidagi “Inson manfaatlari va yana bir bor inson manfaati islohatlarning bosh maqsadi etib belgilandi”-deb, bildirgan so‘zlari ham isbotlab turibdi. Bu esa jinoyat va huquqbuzarliklar soni kamayishiga, odamlarda huquqiy ong, huquqiy madaniyat oshishiga, bevosita xalq manfaatlarini ro‘yobga chiqarishga, uning turmush darajasini yuksaltirishga xizmat qiladi. Bunga majburiyat deb emas, aksincha kundalik faoliyat va hayot tarzi sifatida qarash talab qilinadi. Zero, chinakam adolatli sud tizimini shakllantirish va adolatli sud qarorlari qabul qilinishiga erishish orqaligina xalqning, shu jumladan, tadbirkorlarning sud tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, suddan, pirovardida esa davlatdan rozi bo‘lishiga erishish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etish, qonun va adolat ustuvorligini ta’minlash mumkinligi hech kimga sir emas.

    A.Turaqulov                  Bog‘ot tumanlararo iqtisodiSudining raisi
    E.Rozumbetov              Bog‘ot tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi




    Bosh sahifaga qaytish
ad

Nazarov Jahongir Baxramovich

Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani hokimi


     Dekabr     
DuSeChPaJuShYa
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031 

Veb-sayt faoliyatini baholang?