Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashi bir yuz o‘n to‘qqizinchi sessiyasi
Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining bir yuz o‘n to‘qqizinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiya ishini tuman hokimi, xalq deputatlari Bogʻot tumani Kengashi raisi Jahongir Nazarov boshqarib bordi. Sessiya kun tartibiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab ta’limini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” qarorining tumandagi ijrosi, tumanda xizmatlar sohasini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda shu kunning boshqa dolzarb masalalari kiritildi. Shuningdek, kun tartibidagi masalalar bo‘yicha mas’ul rahbarlarning hisobotlari eshitildi. Deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalardan so‘ng sessiyada koʻrib chiqilgan masalalar boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilindi.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati
Bosh sahifaga qaytish