Tikuv mashinalari topshirildi
Bugungi kunda Bog‘ot tumanida xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘plab ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, bugun tuman hokimi Jahongir Nazarov “Yoshlar daftari” hamda “Ayollar daftari”da turuvchi 100 nafar xotin-qizlarga ularning murojaatlari bo‘yicha subsidiya asosida 100 ta tikuv mashinalarini topshirdi. Tuman hokimi xotin-qizlar va ularning ota-onalari bilan suhbatda ishsiz fuqarolarning bandligini taʼminlash va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash bugungi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini taʼkidlab, berilgan imkoniyatlardan oqilona foydalangan holda oilalarga qo‘shimcha daromad topish bo‘yicha bir qator tavsiyalar berdi.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati
Bosh sahifaga qaytish