Bog’ot tumanida “Bir hudud-bir mahsulot” tamoyili asosida yoshlar yer maydonlariga ekin ekib, mo’l hosil olishmoqda
Bog’ot tumani Namuna mahallasida “Bir hudud-bir mahsulot” tamoyili asosida 10,1 gektar yer maydoniga 22 nafar yoshlar tomonidan qovun mahsulotlari ekilib, har bir gektardan o'rtacha 30-35 tonnadan hosil olinib, 1 gektar yer maydonidagi hosildan 120 mln so'mgacha daromad olishga erishildi. “Agrobank” AJ Bogʻot filiali boshqaruvchisi Avazmatov Ulug'bek mazkur hududda boʻlib, ish jarayonlarini koʻzdan kechirdi. Ushbu hududda amalga oshirilayotgan ishlar fuqarolar bandligini taʼminlash, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda muhim oʻrin tutishi taʼkidlandi.
Bosh sahifaga qaytish