Qoʻmondonlik-shtab oʻquv mashqlari oʻtkazilmoqda
Joriy yilning 9-11-oktabr kunlari Bogʻot tumanida “Zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish, favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda oqibatlarini bartaraf etish hamda aholini zilzilada harakatlanishga tayyorlash” mavzusida hamkorlikdagi qoʻmondonlik-shtab oʻquv mashqlari oʻtkazilishi belgilangan. Mazkur oʻquv mashqlari aholining favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakat qilishi, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda holatlarda talofatlarning oldini olish, qutqaruv hamda fuqaro muhofazasi tuzilmalarining shayligini oshirish maqsadida oʻtkazilmoqda. Xususan, bugun dastlab Bog‘ot tumani hokimi - fuqaro muhofazasi boshlig‘i Jahongir Nazarov rahbarligida tuman hokimligida oʻquv mashqlarini tashkil etish boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi. Shundan so‘ng, tuman hokimi rahbarligida mexanizatsiyalashtirilgan yig‘ma otryadining saf ko‘rigi o‘tkazilib, FVDT xizmatlarining kuch va vositalari ko‘zdan kechirildi.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati
Bosh sahifaga qaytish