Sayyor qabul
Bugun Oltinqum shaharchasidagi mahalla fuqarolar yig‘ini binosida tuman hokimi Jahongir Nazarovning fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi. Qabul davomida uy-joy, moddiy yordam, kadastr, davolanish, bandlik, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun yer maydoni ajratish, oliy oʻquv yurtida tahsil olish uchun kontrakt toʻlovini toʻlash kabi masalalar boʻyicha 20 nafar fuqaroning murojaatlari birma-bir muhokama qilindi. Har bir murojaat bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlariga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi. Shuningdek, sayyor qabul davomida fuqarolarga murojaatlari boʻyicha huquqiy tushuntirish va maslahatlar ham berildi. Ma’lumot uchun, har haftaning payshanba kuni mahallalarda tuman hokimi Jahongir Nazarovning fuqarolar uchun sayyor qabuli o‘tkaziladi.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati
Bosh sahifaga qaytish