Bog'ot tumanida "yil ayoli" milliy tanlovi o'tkazildi
Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga o'zlarining ulkan hissasini qo'shib kеlayotgan, yuksak ma'naviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat bo'lish bilan birga, jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan, har jihatdan ibratli xotin-qizlarni aniqlash, ularning faoliyatini kеng jamoatchilikka yaqindan tanishtirish, ilg'or ish tajribasini ommalashtirish maqsadida har yili muntazam ravishda "Yil ayoli" milliy tanlovi o'tkazib kеlinmoqda. Ana shu tanlovning tuman bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi. Unda Bog‘ot tumani hokimi o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i Gulshoda Alimova ishtirok etib, bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar xususida to‘xtaldi. Tanlov nizomiga ko‘ra ishtirokchilar 3 ta shart asosida o‘zaro bellashdilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra, g‘oliblar tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Bosh sahifaga qaytish