Zulfiyaxonim qizlari aniqlandi
Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga nomzodlar tanlovi isteʼdodli qizlarni kashf etish va ularni ragʻbatlantirishda muhim omil boʻlib xizmat qilmoqda. Bunday imkoniyatlar qizlarni oʻz bilimini oshirib, kelgusida yetakchi va faol ayollardan biriga aylanishi uchun zamin yaratayotganini alohida taʼkidlash joiz. Bogʻot tumanida Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga nomzodlar koʻrik-tanlovining tuman bosqichi 14-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida boʻlib oʻtdi. Tanlovda 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan qizlarimiz taʼlim, fan, adabiyot, madaniyat, sanʼat, sport va jamoatchilik yoʻnalishlari boʻyicha oʻzaro bellashib, oʻz mahoratini yana bir bor sinovdan oʻtkazdilar. Tadbir yakunida Bogʻot tumani hokimi oʻrinbosari Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Gulshoda Alimova tomonidan qizgʻin oʻtgan bahslarda gʻolib boʻlgan qizlar diplom va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandilar. Har bir yoʻnalish boʻyicha eng yaxshi natijaga erishgan isteʼdodli qizlar tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish huquqiga ega boʻldilar.
Bosh sahifaga qaytish