Xalqaro qishloq ayollari kuni keng nishonlandi
Bugun, 15-oktyabr - Xalqaro qishloq ayollari kuni munosabati bilan Bog‘ot tumanida bayram tadbiri tashkil etildi. Tumanimiz qishloq ayollari kunini keng nishonlash, qishloqlarda yashovchi xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida oʻtkazilgan bayram tadbirida ayollarga yana bir bor yuksak hurmat-ehtirom koʻrsatildi. Tadbir avvalida so‘zga chiqqan tuman hokimi Jahongir Nazarov tumanning agrar sohalarida fidoyilik namunasini koʻrsatib mehnat qilayotgan ayollarni bayram bilan samimiy tabrikladi hamda ishtirokchilarga o‘zining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alarini topshirdi. Tadbir tuman sanʼat ustalari ijrosidagi bayram konserti bilan davom etdi.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati
Bosh sahifaga qaytish