Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Кўриш қобилияти ожизлар учун
Матн ҳажми
Сайт ранги
Тасвирлар

    Bog‘ot tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘ining 2024-yil oktyabr oyi yakuni bo‘yicha hisoboti va tadbirkorlarga murojaati

    • Qog'ozga chop etish

    Bog‘ot tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i Xushnudbek Jumaniyozovning 2024-yil oktyabr oyi yakuni bo‘yicha hisoboti va tadbirkorlarga murojaati

    Muhtaram prezidentimiz tomonidan soliq organlari xodimlari oldiga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqib, soliq tizimini mahalla darajasiga tushirish orqali yangi institut “Mahalla yettiligi” tashkil qilinishi ta’kidlagandi. Joriy yilning 1-yanvaridan boshlab, mahalla byudjetini shakllantirish hamda ularda shakllanadigan mablag‘larni “mahalla yettiligi”ning kengash qarorlari orqali infratuzilmani yaxshilashga yo‘naltirish belgilandi. Ayni paytda Bog‘ot tumanidagi 43 ta mahallaga 19 nafar soliq xizmati xodimlari biriktirilgan bo‘lib, ular zimmasiga norasmiy tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirish, o‘zini-o‘zi band qilganlarga kichik biznes toifasiga o‘tishga ko‘maklashish hamda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash orqali ularning faoliyatini kengaytirish va daromadlarini oshirish hisobiga soliq bazasini ko‘paytirish yuklatilgan. “Mahalla yettiligi” institutining shakllanishi orqali soliq inspektorlari mahalladagi har bir soliq to‘lovchi xonadoniga kirib bormoqda, tadbirkorlik subyekti bilan uchrashib, uning muammosini o‘rganyapti, soliq sohasidagi o‘zgarishlarni tushuntirish orqali yashirin iqtisodiyotning oldi olinmoqda.

    Bog‘ot tumani soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari bilan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida o‘tgan o‘n oy davomida 120 ta korxonadagi 1376 nafar norasmiy ishlovchi fuqarolar faoliyati qonuniylashtirilib, ularning ijtimoiy himoyasi ta’minlandi. Agar sohalar kesimida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, 14 ta savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida 40 nafar, 9 ta ishlab chiqarish korxonalarida 129 nafar, 3 ta qurilish korxonalarida 45 nafar hamda 67 ta qishloq xo‘jaligi sohasida 998 nafar, shuningdek, 37 ta xizmat ko‘rsatish korxonalarida 164 nafar fuqarolarning faoliyati rasmiylashtirildi. Ayniqsa, turli sabablar bilan faoliyati vaqtincha to‘xtab qolgan tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyatini tiklash borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, ana shunday 232 ta korxonaning faoliyati tiklandi, 16 ta bo‘sh obyektlar ishga tushirilishi natijasida 52 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Bugungi kunda qo‘lida hunari bor yoki uyda yakka tartibda ma’lum faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqarolarimiz talaygina. Ularning o‘zini o‘zi band qilishi, ish stajiga ega bo‘lishi uchun soliq xizmati organlari tomonidan doimiy ko‘mak ko‘rsatib kelinmoqda. Jumladan, mahalla yettiligi bilan birgalikda yashirin iqtisodiyotni jilovlash maqsadida tumanda 8091 nafar fuqarolar o‘zini o‘zi band qilish tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tkazildi va muayyan faoliyat turlari bilan muntazam ravishda shug‘ullanib kelayotgani aniqlandi. Mahallabay tizimning yaratilishi natijasida 1 mlrd 783 mln so‘m miqdoridaga qo‘shimcha manba aniqlandi. Joriy yilning o‘tgan o‘n oyi davomida 21 mlrd 456 mln so‘m miqdoridagi jismoniy shaxslarning turar joy obyektlari bo‘yicha soliqlar undirilishi ta’minlandi. Natijada yig‘ilgan summaning 10 foizi ya’ni 2 mlrd 145 mln so‘m miqdoridagi mablag‘lar mahalla byudjetiga qoldirildi. Ta’kidlash lozim, mahallalarga biriktirilgan soliq xodimlarining faoliyati samaradorligi maxsus KPI (KPI) dasturi orqali baholanadi va natijasiga qarab rag‘batlantiriladi hamda past ko‘rsatkichli xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari ko‘riladi. Biz soliq xizmati organlari xodimlari sizlarning muammolaringiz qonuniy hal etish, faoliyatingiz davomida yuzaga kelgan barcha tushunmovchiliklarga yechim topishda doimiy ko‘mak berishga tayyormiz.




    Bosh sahifaga qaytish
ad

Nazarov Jahongir Baxramovich

Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani hokimi


     Dekabr     
DuSeChPaJuShYa
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031 

Veb-sayt faoliyatini baholang?