Hokim va yoshlar uchrashuvi
Tuman hokimi Jahongir Nazarov Qulonqorabog' mahallasida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan uchrashib, ularning muammo va takliflarini o'rgandi. Ochiq muloqot tarzda o‘tgan uchrashuv davomida yoshlarning ishga joylashish, oliy oʻquv yurtida tahsil olish uchun kontrakt toʻlovini toʻlash, kadastr kabi masalalar boʻyicha murojaatlari tinglandi. Tuman hokimi yoshlar bilan suhbatlashib, har birining bandligi, qiziqishlari va maqsadlarini o‘rganib, o‘zining taklif va mulohazalarini bildirdi. Yoshlarning murojaatlari atroflicha tahlil qilindi va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan mas’ul rahbarlarga qo‘shimcha topshiriqlar berildi. Ma'lumot uchun, yoshlarning muammolarini o‘rganish va ularni tizimli hal qilish maqsadida tuman hokimi tomonidan bevosita mahallalarda rahbar va yoshlar formatidagi uchrashuvlar har hafta o‘tkazib kelinmoqda.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati
Bosh sahifaga qaytish