Bog'ot tumani aholisi diqqatiga!
Bog‘ot tumanida 2024-2025-yilgi kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish hamda yuzaga kelgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida kun-u tun faoliyat olib boruvchi navbatchilik-shtabi tashkil etildi. Fuqarolar, o‘z murojaatlarini tumandagi tashkilotlar vakillaridan iborat shtab a’zolariga yetkazishlari mumkin. Shtabning asosiy vazifasi - aholidan kelib tushadigan murojaatlarni tezkor ravishda bartaraf etish choralarini belgilash va amalga oshirishdan iborat. Bog'ot tumani hokimligi markaziy shtabi: 62-31-52-809.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati
Bosh sahifaga qaytish