Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Кўриш қобилияти ожизлар учун
Матн ҳажми
Сайт ранги
Тасвирлар

    3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni

    • Qog'ozga chop etish


    Tuman hokimligi hamda Inson ijtimoiy xizmatlar markazi tuman bo'limi hamkorligida Bogʻot tumanida Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimiz uchun bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirga tumanimizning barcha hududlaridan nogironligi boʻlgan fuqarolar taklif qilindi. Tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi Jahongir Nazarov davlatimiz rahbari boshchiligida mamlakatimizda imkoniyati cheklangan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash, ular uchun zarur barcha sharoitlar yaratilayotgani, ularning jamiyatdagi mavjud imkoniyatlardan foydalanish, harakatlanish, sogʻliqni saqlash, taʼlim, bandlik, reabilitatsiya, siyosiy-ijtimoiy hayotda ishtirok etish bilan bogʻliq huquqlari taʼminlanayotgani, bu borada “Inson qadri uchun” tamoyili asosida Yangi Oʻzbekistonda aholining barcha qatlamlari uchun teng huquq va imkoniyatlarni taʼminlashga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilayotganligini taʼkidladi. Tadbir davomida ishtirokchilarga sovgʻalar ulashildi, tumanimiz sanʼatkorlarining musiqiy chiqishlari esa barchaga bayramona kayfiyat ulashildi.

    Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati



    Bosh sahifaga qaytish
ad

Nazarov Jahongir Baxramovich

Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani hokimi


     Oktyabr     
DuSeChPaJuShYa
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031 

Veb-sayt faoliyatini baholang?