Bog'ot tumanida Soliq mobil ilovasi orqali o'zini o‘zi band qilgan shaxslar soni 9 mingdan oshdi
Bog'ot tumanida Soliq mobil ilovasi orqali o'zini o‘zi band qilgan shaxslar soni 9 mingdan oshdi. Joriy yilning 17-dekabr holatiga ko'ra, o'zini o‘zi band qilgan shaxslar 9 189 nafarni tashkil qildi. Sohalar kesimida tahlil qilinsa:
maishiy xizmatlar – 1812 nafar;
qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi bo‘yicha xizmatlar – 3134 nafar;
sanoat yo‘nalishi bo‘yicha xizmatlar – 1158 nafar;
ijtimoiy yo‘nalishlar bo‘yicha xizmatlar – 2 470 nafar;
xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish – 441 nafar;
AKT sohasida – 174 nafar fuqaro ro‘yxatdan o‘tgan.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati
Bosh sahifaga qaytish