Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Кўриш қобилияти ожизлар учун
Матн ҳажми
Сайт ранги
Тасвирлар

    Afg‘on urushi faxriylariga ehtirom ko‘rsatildi

    • Qog'ozga chop etish


    Bugun Bog‘ot tumanida Afg‘onistonda harbiy harakatlarning to‘xtatilganligiga 36 yil to‘lishi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. Ko’plab o’zbek o’g’lonlarining umriga zomin bo’lgan Afg’on urushi 1979-yildan 1989-yilgacha davom etgan. Tumanimizdan ham ushbu harbiy harakatlarda 245 nafar jangchi-faxriylar mardonavor qatnashib, yurtimiz tinchligi uchun o‘zlarining beqiyos hissalarini qo‘shishgan. Tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi Jahongir Nazarov afgʻon urushi qatnashchilarining davlat tinchligi yoʻlida koʻrsatgan fidokorona xizmatlari yosh avlod oldida har qancha ibratga arzigulik ekani xususida to‘xtaldi. Diltortar kuy va qoʻshiqlar yangragan bayram tadbirida, to‘kin dasturxon atrofida jam bo‘lgan tumandoshlarimiz duoga qoʻl ochib, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligini tiladilar.

    Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati



    Bosh sahifaga qaytish
ad

Nazarov Jahongir Baxramovich

Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani hokimi


     Iyun     
DuSeChPaJuShYa
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30 

Veb-sayt faoliyatini baholang?