Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Кўриш қобилияти ожизлар учун
Матн ҳажми
Сайт ранги
Тасвирлар

    Korrupsiyaga qarshi kurashish – barchamiz uchun eng birinchi vazifadir

    • Qog'ozga chop etish

    Yangi O‘zbekiston so‘nggi yillarda keng ko‘lamli o‘zgarishlar davrini boshdan kechirmoqda. Mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashish, ishbilarmonlik muhitini va mehnat sharoitlarini yaxshilash, sud-huquq tizimini isloh qilish, inson huquqlarini himoya qilish, ma’muriy hamda davlat boshqaruvi samaradorligini oshirishga qaratilgan yirik islohotlar amalga oshirildi. Bu islohotlarning markazida mustahkam qonunlar va strategik rejalar bilan takomillashtirilgan korrupsiyaga qarshi keng qamrovli dastur turibdi. Islohotlar turli sohalarga qaratilgan bo‘lib, davlat boshqaruvini takomillashtirish, sifatli davlat xizmatlari va axborotdan foydalanishni ta’minlash, sud-huquq tizimini modernizatsiya qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. So‘nggi yillarda O‘zbekiston o‘z xalqining davlat va xususiy sektor rahbarlarining shaffof va axloqiy ish olib borayotganiga ishonchini his qilishiga yordam berish uchun katta sa’y-harakatlarni amalga oshirdi. 2017-yilda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingandan so‘ng O‘zbekistonda davlat sektorida korrupsiyaning oldini olish borasidagi sa’y-harakatlar ikki baravar oshirildi va ushbu maqsadga erishish uchun xalqaro hamkorlik kengaytirildi. Prezident Shavkat Mirziyoev 2016-yilda hokimiyatga kelganidan beri O‘zbekiston iqtisodiyotini liberallashtirish va korrupsiyaning oldini olish choralarini ko‘rdi. Xususan, korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Milliy kengash va uning hududiy organlari mavjud bo‘lib, ular barcha tegishli institutlarning sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirish va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha davlat dasturlarini ishlab chiqish uchun mo‘ljallangan. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Kengashning ishchi organi vazifasini bajaradi, unga Senat Raisi rahbarlik qiladi. Agentlik davlat organlaridan ularning davlat mablag‘larini sarflash, davlat mulkini sotish va davlat xaridlari, shuningdek, investitsiya loyihalari va davlat dasturlarini amalga oshirish to‘g‘risidagi hujjatlarni so‘rab olish imkonini beruvchi profilaktika mandatiga (vakolatlariga) ega. Shuningdek, u fuqarolar va yuridik shaxslarning korrupsiyaga oid masalalar bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqishi va korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar bo‘yicha ma’muriy ish o‘tkazishi, natijalarini esa keyinchalik huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborishi mumkin. 2025-yil 5-mart kuni prezident Shavkat Mirziyoev raisligida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Majlisda korrupsiyani bartaraf etish yuzasidan bajarilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar tanqidiy–tahlil qilindi.

    “Islohotlar yo‘lidagi eng katta to‘siq va g‘ov – bu korrupsiyadir. Buni dunyo tajribasi ham to‘liq tasdiqlaydi. Korrupsiya oqibatida jahon iqtisodiyoti yiliga 3 trillion dollar zarar ko‘rayotgani bu global xavf ekanidan dalolat. Korrupsiya shunday yovuz illatki, u xalqning davlatga, Konstitutsiya va qonunlarga ishonchiga putur yetkazadi, barqaror rivojlanish va xavfsizlik uchun jiddiy tahdidga aylanadi”, dedi prezident. Qayd etilishicha, hozir O‘zbekistonda korrupsiyaviy jinoyatlarning 75 foizi tuman va mahallada maishiy korrupsiya shaklida sodir etilmoqda, xususan, infratuzilmaga ulanish, litsenziya olish, imtiyozli kredit ajratish, ishga qabul qilish, malaka oshirish kabi yo‘nalishlarda korrupsiya omillari ko‘p. Shuningdek, majlisda jamiyatda korrupsiya muammosini jamoatchilik muhokamasiga olib chiqadigan ochiq tizim, ochiq muhit yaratilgani, ayniqsa, ommaviy axborot vositalarining bu boradagi o‘rni va ta’siri ortib borayotgani qayd etildi. Yig‘ilishda yangragan muhim yangiliklardan biri davlat xizmatchilari daromadini deklaratsiyalashga oid qonunni qabul qilish vaqti kelgani aytildi. Prezident mutasaddilarga tez fursatda ushbu qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘yib, 1 aprelgacha parlamentga kiritishni topshirdi. “Korrupsiyani yengish uchun birinchi navbatda uning ortiqcha hashamat va dabdaba degan o‘q ildizlarini quritishimiz shart. Eng achinarlisi, bunga taniqli shaxslar bosh-qosh bo‘lyapti. Odamlar ularga tenglashaman deb, o‘zini o‘tga-cho‘g‘ga uryapti. Bu borada ayrim rahbarlar o‘zining kamtarona turmush tarzi bilan barchaga namuna bo‘lish o‘rniga, bunday soxta qadriyatlar asiriga aylanib, noqonuniy daromad topishga intilayotgani ham bor gap”, dedi davlatimiz rahbari. Shavkat Mirziyoev parlament palatalari, mahalliy kengashlar, jamoatchilik vakillari, mahalla raislari, nuroniylarni bu masalaga bosh-qosh bo‘lib, aholi orasida tushuntirish ishlarini kuchaytirishga chaqirdi. Yig‘ilishda yana bir asosiy mavzulardan biri, prezidentimizning sudga aralashganlik uchun javobgarlik qattiq bo‘lishi haqidagi ogohlantirishi bo‘ldi. Sud tizimida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni oldini olish, odil sudlov sifati va samaradorligini oshirish doimo diqqat markazida bo‘lishi zarurligi ta’kidlandi. Sudyalarni majlisga chaqirish, ularga vakolatiga kirmaydigan vazifalarni yuklash holatlari ham uchrab turgani qayd etildi. Shuningdek, ayrim idoralar tomonidan sudga ta’sir o‘tkazishga urinishlar hali-hanuz davom etayotgani ma’lum qilindi. “Barcha rahbarlarni qat’iy ogohlantiraman. Sudlar faoliyatiga har qanday aralashish odil sudlovga soya solish, deb baholanadi. Bu bo‘yicha so‘rov ham, javobgarlik ham qattiq bo‘ladi”, dedi prezident.

    Odil sudlovni amalga oshirishda advokatlar o‘rni juda muhim. Bu borada advokatlarga himoyasidagi fuqaroga o‘z vaqtida huquqiy yordam ko‘rsata olishlari uchun imkoniyat yaratish kerak. Majlisda mutasaddilarga uch oy ichida sifatli yuridik yordam ko‘rsatilishida advokatlar faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish bo‘yicha qonun loyihasini kiritish topshirig‘i berildi. Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali moliyaviy, huquqiy va institutsional mexanizmlarini yaratish yo‘li o‘z samarasini berdi desak bo‘ladi. Ammo shuni ta’kidlash kerakki, korrupsiyaga qarshi kurash faqat bir necha yillik vazifa emas. Bu to‘xtovsiz jarayondir va O‘zbekiston hukumati bu boradagi xalqaro standartlarga muvofiq korrupsiyaga qarshi islohotlarning muvaffaqiyatini ta’minlash bo‘yicha yangi qadamlarni qo‘yishga intilmoqda.
     
    Jinoyat ishlari bo‘yicha
    Bog‘ot tuman sudi raisi                                                                      B.Yakubov



    Bosh sahifaga qaytish
ad

Nazarov Jahongir Baxramovich

Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani hokimi


     Aprel     
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930 

Veb-sayt faoliyatini baholang?