Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Кўриш қобилияти ожизлар учун
Матн ҳажми
Сайт ранги
Тасвирлар

    Tuman hokimi sport murabbiylari va sportchi yoshlar bilan uchrashdi

    • Qog'ozga chop etish


    Tuman hokimi Jahongir Nazarov Bogʻot tumani olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan maktab internatida tumanimizda faoliyat yuritayotgan sport murabbiylari hamda shu yerda tahsil oluvchi sportchi yoshlar bilan uchrashdi. Muloqot chog‘ida sport murabbiylari faoliyatini davr talabi asosida tashkil etish, yoshlarni sportga qiziqishini oshirish, ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish, xalqaro musobaqalarda tumanimiz vakillarining munosib ishtirokini ta’minlash, xususan, 2028-yil Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlikni yana-da kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, muloqot davomida sportchi yoshlar va murabbiylarning muammoli masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi, taklif va tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi.

    Bog'ot tumani hokimligi axborot xizmati



    Bosh sahifaga qaytish
ad

Nazarov Jahongir Baxramovich

Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani hokimi


     Iyun     
DuSeChPaJuShYa
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30 

Veb-sayt faoliyatini baholang?