Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Кўриш қобилияти ожизлар учун
Матн ҳажми
Сайт ранги
Тасвирлар

    Bog‘ot tuman fermer kengashining murojaati

    • Qog'ozga chop etish


    Bog‘ot tuman fermer kengashining
    MUROJAATI

    Hurmatli fermerlar! So‘nggi yillarda mamlakatimizda ko‘kalamzorlashtirish,o‘simliklarni muhofaza qilish xamda yashil maydonlarni kengaytirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ko‘chat ekib,bog‘ yaratish-xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri. Zero o‘zimiz yashab turgan joyni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tufayli ko‘nglimiz shodlikka to‘ladi, turmushimiz fayzli va faravon bo‘ladi. Demak, xalqimizning ibratli o‘tmishi o‘zimiz yashayotgan muhitda tabiatga oqilona munosabatda bo‘lib, uni asrab avaylash, kelgusi avlodlar ham yashashi uchun qulay makon barpo etishga undaydi. Ayni chog‘da bog‘lar, ko‘chalar hamda yo‘l chetlarida yashab turgan daraxtlar tevarak-atrofga ko‘rk ulashishi barobarida havo musafoligini ta’minlab, dasturxonimizni mevalar bilan to‘ldiradi. Daraxtlarga mehr berish, ularni parvarishlash eng ezgu va xayrli amal sanaladi. Ko‘chat ekib, bog‘ yaratish, atrof-muhitni toza va ozada saqlash xalqimizning asrlar sinovidan o‘tgan milliy qadriyatdir.

    Muhtaram Prezidentimizning 2024-yil 30-dekabrdagi “Qishloq xo‘jaligi maydonlaridagi qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot yetishtirishni ko‘paytirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-465-sonli qarori bilan belgilab bergan topshiriqlari ana shunday ezgulik yo‘lidagi juda ham muhim tashabbusdir. Prezidentimizning ushbu qarorlari bilan Siz, aziz fermerlarga bir qancha yengiliklar va imtiyozlar berilgan. Jumladan;
    -ichki fitosanitariya sertifikati bir yil davomida bepul beriladi;
    -dala chetlariga ekilgan “in-vitro” usulida yaratilgan mevali payvandtagli ko‘chatlarni sotib olish xarajatlarining 50 foizi miqdorida, biroq xar bir mevali payvandtagli ko‘chatga 25 ming so‘mdan oshmagan xolda agrosanoatni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasidan belgilangan tartibda subsidiya ajratiladi;  
    -qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilari dala chetini o‘zlashtirishi va mahsulot yetishtirish uchun zarur bo‘lgan urug, ko‘chatlari mineral o‘gitlar, kimyoviy preparatlar, moddiy-texnik resurslar bilan taminlanadi;
    -suv bilan taminlash uchun nasos va quvurlarni o‘rnatish xarajatlarining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismini qarz oluvchining bank kartalariga o‘tkazish yo‘li bilan 6 oygacha imtiyozli davr bilan 12 oy muddatga yillik Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada kreditlar ajratiladi;
    -quritish sexi va sovitgichli omborxonalarni xarid qilishga Fermerlarni qo‘llab-quvvatlashga jamgarmasi xisobidan 50 milliard so‘m mablag ajratiladi;
    -qishloq xo‘jaligi maxsulotlari yetishtiruvchilarga 36 oygacha imtiyozli davr bilan 84 oy muddatga yillik 14 foiz stavkada ajratilishi, bunda kredit summasining 60 foizi bo‘yicha garov taminoti sifatida o‘rnatiladigan quritish sexi va sovitgichli omborxonalar olinishi, 40 foizi bo‘yicha garov taminoti sifatida ularningi qaytmaslik xatarini sugurta qilish bo‘yicha sugurta polisi olinadi;

    Bundan tashqari, mazkur qarorga muvofiq fermer xo‘jaliklariga tegishli maydonlarning dala chetlariga har yili 1 aprelga qadar ekin ekmaganlik va yil davomida mahsulot yetishtirmaganlik holatlari aniqlanganda belgilangan tartibda quyidagi choralar ko‘rilishi belgilab qo‘yildi. Jumladan;     
    -qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga ularning barcha qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun yer solig‘i stavkasi uch karra miqdorda xisoblanadi;
    -Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan belgilangan tartibda ajratiladigan kredit resurslari hisobidan  moliyalashtirish to‘xtatiladi;
    -dala chetlarini ikkilamchi ijaraga olgan ijarachilarga Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspek tamonidan bazaviy xisoblash miqdorining o‘n barobarigacha miqdorda jarima qo‘llanadi;
        
    Prezidentimiz takidlaganlaridek “Yashil makon” vijdonimiz, bo‘lajak hayotimiz, farzandlarimiz oldidagi ma’suliyatimizdir! Ko‘chat ekish, bog‘ yaratish, dala chetida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish kabi tadbirlarida keng jamoatchilik qatori Siz mexnatkash fermerlarimizning ham munosib ulushlaringiz bor. Joriy yil bahor mavsumida siz ham dalangiz chetiga bo‘sh yerlarga ko‘chat ekish, bog‘ yaratish, dala chetida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga o‘z hissangizni qo‘shing. Buning uchun mamlakatimizdagi ko‘chat yetishtiruvchi to‘rt mingdan ziyod fermer, dehqon xo‘jaliklarida va tomorqa yer egalarida 32 milliondan ziyod tut, tok, tol, yong‘oq, mevali va boshqa manzarali daraxt ko‘chatlari mavjud. Siz ular bilan hamkorlik qilsangiz, yurtimiz yashillik olamiga burkanishiga o‘zingizning munosib hissangizni qo‘shgan bo‘lasiz.

    Hurmatli va aziz fermerlar!
    Sizlarni hurmatli Yurtboshimizning yuksak ishonchini oqlab, mamlakatimiz ravnaqi va farovonligiga munosib hissa qo‘shish uchun ko‘chat ekish, bog‘ yaratish, dala chetida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish tadbirlarida faol ishtirok etishga chaqiramiz! Bu bilan siz xalqimizga xos ezgu fazilatlarga o‘zingizning munosib hissangizni qo‘shgan bo‘lasiz! Zero, nafaqat hovli va uylarimiz, mahalla, shahar va mana shu vatan ham o‘zimizniki, uning ozodaligi va ko‘rkamligiga barchamiz ma’sulmiz. Vatanimiz obodligiga o‘z hissamizni qo‘shaylik!




    Bosh sahifaga qaytish
ad

Nazarov Jahongir Baxramovich

Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani hokimi


     Aprel     
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930 

Veb-sayt faoliyatini baholang?