Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Кўриш қобилияти ожизлар учун
Матн ҳажми
Сайт ранги
Тасвирлар

    Bog‘ot tumanida Navro‘z umumxalq bayrami tantanalari bo‘lib o‘tmoqda

    • Qog'ozga chop etish


    Yangilanish va yasharish ayyomi – Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan bugun erta tongdan Bog‘ot tumanidagi “Istiqlol” istirohat va madaniyat bog‘ida xalq sayli o‘tkazilmoqda. Bayram tadbirida tumanimizning barcha hududlaridan mehnat faxriylari, yoshlar, madaniyat va sanʼat namoyandalari ishtirok etishmoqda. Milliy urf-odatlarimiz, anʼanalarimizni oʻzida mujassam etgan Navroʻz tantanasida tumandagi barcha mahallalar tomonidan oʻziga xos dekoratsiyalar va sahnalar tayyorlanib, bayramona, bahoriy tarzda bezatildi. Bayram tadbirlarida ishtirok etgan tuman hokimi Jahongir Nazarov samimiy muloqotlarda ishtirokchilarni Navroʻzi Olam bilan tabriklab, bayram munosabati bilan tashkil qilingan xalq amaliy sanʼati va milliy hunarmandchilik koʻrgazmalarini ko‘zdan kechirdi, folklor-entografik jamoalarning badiiy chiqishlari, dorboz oʻyinlari, sport musobaqalarini tomosha qildi. Bayram ishtirokchilari uchun doshqozonlarda osh damlandi, shuningdek, sumalak va boshqa bahoriy taomlar tayyorlandi. Tumanimizda Navro‘z shodiyonalari davom etmoqda.

    Bog'ot tumani hokimligi axborot xizmati



    Bosh sahifaga qaytish
ad

Nazarov Jahongir Baxramovich

Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani hokimi


     Avgust     
DuSeChPaJuShYa
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Veb-sayt faoliyatini baholang?