22-mart – Mahalla tizimi xodimlari kuni
Davlatimiz rahbari tomonidan mahalla institutining jamiyatimiz ijtimoiy-ma’naviy hayotida tutgan o‘rnini hisobga olib, soha xodimlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 22-mart – “Mahalla tizimi xodimlari kuni” deb e’lon qilingan edi. Shu munosabat bilan bugun tuman hokimligida mazkur sanaga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi. Tuman hokimi Jahongir Nazarov yurtimizdagi yangilanish va yasharish ayyomi – Navro‘z shodiyonalari va mahalla tizimi xodimlari kuni bilan barchani tabriklab, bugungi kunda aholi turmush sharoitini yaxshilash, daromadini oshirish va mavjud muammolarni ijobiy hal etishda aynan mahalla tizimining o‘rni muhim ahamiyatga ega bo‘layotganini ta’kidladi hamda ularga mas’uliyatli va serqirra faoliyatlarida kuch-g‘ayrat va muvaffaqiyatlar tiladi. Tadbirda tizimda samarali mehnat qilayotgan, soha rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh faollar tuman hokimligining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Bog'ot tumani hokimligi axborot xizmati

Bosh sahifaga qaytish