To‘pchi mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ochiq muloqot hamda media-tur tashkil etildi
Bugun Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Xorazm viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda “Obod xonadon, Obod ko‘cha, Obod mahalla” dasturi asosida To‘pchi mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan keng jamoatchilikni tanishtirish maqsadida matbuot anjumani hamda media-tur o‘tkazildi. Unda viloyatimizdagi ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar va blogerlar ishtirok etdilar. Dastlab To‘pchi mahallasidagi madaniyat markazi binosida “Obod xonadon, Obod ko’cha, Obod mahalla” dasturi asosida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbir qatnashchilariga mahalladagi o’zgarishlar, keng ko‘lamdagi bunyodkorlik ishlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shundan so‘ng, jurnalist va blogerlar bevosita mahallada amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar bilan yaqindan tanishib, mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Bog'ot tumani hokimligi axborot xizmati




Bosh sahifaga qaytish