Tuman hokimligi tomonidan reklama va peshlavhalarning davlat tilida yozilishi hamda qonunchilik talablariga mosligi tekshirildi
Bog‘ot tumanida tashqi yozuvlar, ularning “Davlat tili toʻgʻrisida” va “Reklama toʻgʻrisida”gi qonunlar talablariga javob berishi hamda mazkur yozuvlarning bexato yozilishini oʻrganish yuzasidan tuman ishchi guruhi tuzilib, bir qator ishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi 61-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tumandagi barcha joy, ko‘cha, atamalar va tashkilot nomlari, peshlavhalar, ommaviy targ‘ibot vositalari, reklama va eʼlonlar lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida bo‘lishini ta’minlash to‘g‘risida tadbirkorlik obyektlari va idora tashkilotlar ichki va tashqi yozuvlar holati o‘rganildi. O‘rganish jarayonida tuman hududidagi idora tashkilotlar va tadbirkorlik subyektlaridagi tashqi va ichki yozuvlar ko‘rib chiqildi. Aniqlangan xato va kamchiliklar bartaraf qilish yuzasidan tegishli tashkilotlarga va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatmalar berilib, xatolik bartaraf etildi.
Bog'ot tumani hokimligi axborot xizmati



Bosh sahifaga qaytish