Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Кўриш қобилияти ожизлар учун
Матн ҳажми
Сайт ранги
Тасвирлар

    Roʻyxatga olishda reklama va axborot kampaniyasi

    • Qog'ozga chop etish

    Roʻyxatga olishni oʻtkazish bosqichida reklama va axborot kampaniyalari aholini roʻyxatga olish togʻrisida xabardor qilish, shuningdek, aholini roʻyxatga olishda ishtirok etishni taʼminlash va ragʻbatlantirishga qaratilgan zarur maʼlumotlarni taqdim qilish uchun zarurdir.    Odatda, aholini roʻyxatga olish jarayonida barqaror ishtirok etish koʻrsatkichini taʼminlash maqsadida mamlakat boʻylab yetib borish qiyin boʻlgan aholi guruhlartini aniqlashga va ular bilan maqsadli ishlashga alohida e’tibor qaratiladi. Aslida bunday kampaniyalarning maqsadlari aholini hamkorlikka jalb qilish, uni xabardor qilish, shuningdek, aholini roʻyxatga olishda ishtirok etishga ragʻbatlantirishdir.     Bunday reklama kampaniyasining asosiy vazifasi jamiyatning holatini aniqlash uchun yaqinlashib kelayotgan roʻyxatga olishning ahamiyatini, mamlakatning ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish istiqbollari va ijtimoiy, mintaqaviy va umummilliy demografik oʻzgarishlarni tahlil qilishni tushuntirish hisoblanadi.
         Roʻyxatga olish nafaqat mamlakat uchun, balki global miqyosda muhim madaniy va tarixiy ahamiyatga egadar. Roʻyxatga olish mamlakatning rasmiy statistika dasturining ajralmas qismidirAsosiy amaliy maqsad- jamiyatning roʻyxatga olishga ijobiy munosabatini shakllantirish, mamlakat fuqarolarini unda ishtirok  etishga  va oʻzlari haqida ishonchli maʼlumot berishga  undash boʻlib, ayniqsa, joylarda, an’anaviy tarzda roʻyxatga olish  bilan bogʻliq. Shu bilan birga samarali axborot va reklama kampaniyasi yanada kengroq maqsadlarni qamrab olishi kerak, bu esa qulaylik uchun quyidagi komponentlar shaklida ifodalanishi mumkin:
    1. Roʻyxatga olish toʻgʻrisida aholini xabardorligini oshirish;
    2. Roʻyxatga olishdan (respondentlar va mamlakat uchun) olingan foyda haqida xabardor qilish;
    3. Odamlarga nima va qachon amalga oshirilishi haqida maʼlumot berish;
    4. Roʻyxatga olish jarayonida hali ishtirok etmagan shaxaslarni roʻyxatga olishda ishtirok etishga koʻndirish;
                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                            Bogʻot  tuman statistika boʻlimi boshligʻi  R.K.Bekiyev



    Bosh sahifaga qaytish
ad

Nazarov Jahongir Baxramovich

Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani hokimi


     Sentyabr     
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930 

Veb-sayt faoliyatini baholang?