Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Кўриш қобилияти ожизлар учун
Матн ҳажми
Сайт ранги
Тасвирлар

    PUXTA TA'LIM-TARBIYA - MUVAFFAQIYAT OMILI

    • Qog'ozga chop etish

    O'sib kelayotgan yosh avlodning jismonan rivojlanishi, ma'nan yuksalishi va ularning ma'lum bir kasbning egasi bo'lishida maktabgacha ta'lim pedagoglarining o'z o'rni bor. Maktabgacha yoshdagi bolalarga puxta ta'lim-tarbiya berish, ularni har tomonlama maktab ta'limiga tayyorlash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan xisoblanadi. Ana shunday ezgu maqsadlar yo'lida tinmay mehnat qilib kelayotgan pedagog-tarbiyachilarimiz sonining tobora oshib borayotgani barchamizning yutug'imizdir. Tumandagi 1-son davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi asosida 1 kunlik amaliy seminar tashkil etildi. MTTning barcha guruhlarida mudira M.Quranboyeva va uning rahbarligida tajribali tarbiyachilar noan'anaviy ta'lim faoliyatlarini olib borishdi. Guruhlarda ta'lim faoliyatini tashkil etishda rivojlantiruvchi markazlarda bolalarning mustaqil ishlashi orqali mantiqiy, tez fikrlash malakalarini shakllantirish, zukkolik, chaqqonlik qobiliyatini, xotira tafakkurini rivojlantirish va ijodkorlikka o'rgatishga erishildi. BOG‘OT TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI.



    Bosh sahifaga qaytish
ad

Nazarov Jahongir Baxramovich

Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani hokimi


     Sentyabr     
DuSeChPaJuShYa
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30 

Veb-sayt faoliyatini baholang?