Tuman hokimi Gulzor mahallasidagi yoshlar bilan uchrashdi
Bugun Gulzor mahallasida tuman hokimi Jahongir Nazarovning yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Yoshlarning muammolarini hal qilish, ularning bandligini taʼminlash, zamonaviy kasb-hunarlar va tadbirkorlikka jalb etish, hayotda oʻz oʻrnini topishiga koʻmaklashish masalasi ochiq muloqot shaklida oʻtgan uchrashuvning bosh maqsadi boʻldi.
Uchrashuvda yoshlarning kredit, kadastr hujjati, subsidiya, dehqonchilik bilan shug‘ullanish kabi masalalar yuzasidan murojaatlari, takliflari tinglandi. Yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va muammolarning har biri tuman hokimi tomonidan alohida nazoratga olinib, tegishli tarzda ijobiy hal etish yuzasidan ma’sullarga topshiriqlar berildi.
Uchrashuvdan so‘ng tuman hokimi “mahalla yettiligi” a’zolari bilan suhbatlashib, joylardagi imkoniyatlarni to‘liq ishga solish orqali oilalarning daromadini, xarid qobiliyatini oshirish haqida so‘z yuritdi. Suhbat yakunida tuman hokimi mahalladagi muammolarni sanab, ularning yechimlarini belgilab berdi.
18-05-2024, 12:11
Вернуться назад