Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Кўриш қобилияти ожизлар учун
Матн ҳажми
Сайт ранги
Тасвирлар

    Tuman hokimi Gulzor mahallasidagi yoshlar bilan uchrashdi

    • Qog'ozga chop etish

    Bugun Gulzor mahallasida tuman hokimi Jahongir Nazarovning yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Yoshlarning muammolarini hal qilish, ularning bandligini taʼminlash, zamonaviy kasb-hunarlar va tadbirkorlikka jalb etish, hayotda oʻz oʻrnini topishiga koʻmaklashish masalasi ochiq muloqot shaklida oʻtgan uchrashuvning bosh maqsadi boʻldi. Uchrashuvda yoshlarning kredit, kadastr hujjati, subsidiya, dehqonchilik bilan shug‘ullanish kabi masalalar yuzasidan murojaatlari, takliflari tinglandi. Yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va muammolarning har biri tuman hokimi tomonidan alohida nazoratga olinib, tegishli tarzda ijobiy hal etish yuzasidan ma’sullarga topshiriqlar berildi. Uchrashuvdan so‘ng tuman hokimi “mahalla yettiligi” a’zolari bilan suhbatlashib, joylardagi imkoniyatlarni to‘liq ishga solish orqali oilalarning daromadini, xarid qobiliyatini oshirish haqida so‘z yuritdi. Suhbat yakunida tuman hokimi mahalladagi muammolarni sanab, ularning yechimlarini belgilab berdi.



    Bosh sahifaga qaytish
ad

Nazarov Jahongir Baxramovich

Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani hokimi


     Sentyabr     
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930 

Veb-sayt faoliyatini baholang?