Sayyor qabulda tumanning turli hududlaridan kelgan 24 nafar fuqaro 26 ta masala bo‘yicha murojaat qildi. Jumladan, uy-joy ta’miri, subsidiya, moddiy yordam, kredit, oliy o‘quv yurtlarida tahsil olish uchun kontrakt to‘lovlariga ko‘maklashish, bandlik, dehqonchilik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun yer ajratish kabi qator masalalar yuzasidan fuqarolarning murojaatlari, takliflari tinglandi. Har bir murojaat tegishli soha mutaxassislarini jalb qilgan holda oʻrganilib, qonuniy hal qilish, fuqarolarga amaliy yordam berish choralari koʻrildi.
Shuningdek, zarur hollarda murojaatchilarga tegishli masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi.
Matbuot xizmati
Ishonch telefoni
Sizda ariza, shikoyat, murojaat yoki takliflar mavjudmi? Bog'ot tumani hokimligi ishonch telefonlari orqali murojaat qiling!+998 (62) 31-56-176