Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Кўриш қобилияти ожизлар учун
Матн ҳажми
Сайт ранги
Тасвирлар

    Bog'zor mahallasida tuman hokimining sayyor qabuli o'tkazildi

    • Qog'ozga chop etish

    Bugun Bog‘zor mahallasidagi 34-sonli maktabda tuman hokimi Jahongir Nazarovning navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi. Qabulda tumandagi barcha idora va tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar.
    Sayyor qabulda tumanning turli hududlaridan kelgan 24 nafar fuqaro 26 ta masala bo‘yicha murojaat qildi. Jumladan, uy-joy ta’miri, subsidiya, moddiy yordam, kredit, oliy o‘quv yurtlarida tahsil olish uchun kontrakt to‘lovlariga ko‘maklashish, bandlik, dehqonchilik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun yer ajratish kabi qator masalalar yuzasidan fuqarolarning murojaatlari, takliflari tinglandi. Har bir murojaat tegishli soha mutaxassislarini jalb qilgan holda oʻrganilib, qonuniy hal qilish, fuqarolarga amaliy yordam berish choralari koʻrildi.
    Shuningdek, zarur hollarda murojaatchilarga tegishli masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi.




    Matbuot xizmati

    Ishonch telefoni

    Sizda ariza, shikoyat, murojaat yoki takliflar mavjudmi? Bog'ot tumani hokimligi ishonch telefonlari orqali murojaat qiling!
    +998 (62) 31-56-176




    Bosh sahifaga qaytish
ad

Nazarov Jahongir Baxramovich

Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani hokimi


     Sentyabr     
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930 

Veb-sayt faoliyatini baholang?