Bugun Bog‘ot tumanida Xorazm viloyati prokurori Muradxon Axmedovning tadbirkorlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Muloqot avvalida tuman hokimi Jahongir Nazarov hamda viloyat prokurori mazkur uchrashuvning asosiy maqsadi aholini ish oʻrni va daromad bilan taʼminlashda muhim kuch boʻlgan tadbirkorlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularga koʻmak berish ekanligini qayd etdilar.
Uchrashuvda tumanning turli hududlaridan kelgan tadbirkorlar o‘zlarining takliflari, biznesini yanada rivojlantirishga to‘siq bo‘layotgan muammoli masalalar yuzasidan murojaat qildilar. Murojaatlar asosan bank kreditlari, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun yer maydoni ajratish, ishlab chiqarishni kengaytirish bilan bogʻliq masalalar xususida boʻldi. Murojaatlarning bir qismi shu joyning oʻzida ijobiy hal qilingan bo‘lsa, muddat talab qiladigan masalalar yuzasidan masʼul tashkilot rahbarlariga topshiriq berilib, ijrosi qatʼiy nazoratga olindi.