Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Кўриш қобилияти ожизлар учун
Матн ҳажми
Сайт ранги
Тасвирлар

    Viloyat prokurori bog'otlik tadbirkorlar bilan uchrashdi

    • Qog'ozga chop etish

    Bugun Bog‘ot tumanida Xorazm viloyati prokurori Muradxon Axmedovning tadbirkorlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
    Muloqot avvalida tuman hokimi Jahongir Nazarov hamda viloyat prokurori mazkur uchrashuvning asosiy maqsadi aholini ish oʻrni va daromad bilan taʼminlashda muhim kuch boʻlgan tadbirkorlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularga koʻmak berish ekanligini qayd etdilar.
    Uchrashuvda tumanning turli hududlaridan kelgan tadbirkorlar o‘zlarining takliflari, biznesini yanada rivojlantirishga to‘siq bo‘layotgan muammoli masalalar yuzasidan murojaat qildilar. Murojaatlar asosan bank kreditlari, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun yer maydoni ajratish, ishlab chiqarishni kengaytirish bilan bogʻliq masalalar xususida boʻldi. Murojaatlarning bir qismi shu joyning oʻzida ijobiy hal qilingan bo‘lsa, muddat talab qiladigan masalalar yuzasidan masʼul tashkilot rahbarlariga topshiriq berilib, ijrosi qatʼiy nazoratga olindi.



    Bosh sahifaga qaytish
ad

Nazarov Jahongir Baxramovich

Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani hokimi


     Aprel     
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930 

Veb-sayt faoliyatini baholang?