Uchrashuvda yoshlarning kredit, bandlik, dehqonchilik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun yer ajratish, oliy oʻquv yurtlarida tahsil olish uchun kontrakt toʻlovlariga koʻmaklashish kabi masalalar yuzasidan murojaatlari, takliflari tinglandi. Yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va muammolarning har biri tuman hokimi tomonidan alohida nazoratga olinib, tegishli tarzda ijobiy hal etish yuzasidan ma’sullarga topshiriqlar berildi.
Uchrashuvdan so‘ng tuman hokimi mahalladagi 25-sonli maktabda bo‘lib, yozgi ta’tilda o‘quvchi yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun tashkil etilgan to‘garaklar bilan yaqindan tanishdi hamda o‘quvchilar va ularning ustozlari bilan suhbatlashdi.