Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Кўриш қобилияти ожизлар учун
Матн ҳажми
Сайт ранги
Тасвирлар

    Tuman hokimi Mehnat guli yoshlari bilan uchrashdi

    • Qog'ozga chop etish

    Bugun Mehnat guli mahallasida tuman hokimi Jahongir Nazarovning yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Yoshlarning muammolarini hal qilish, ularning bandligini taʼminlash, hayotda oʻz oʻrnini topishiga koʻmaklashish masalasi ochiq muloqot shaklida oʻtgan uchrashuvning bosh maqsadi boʻldi.
    Uchrashuvda yoshlarning kredit, bandlik, dehqonchilik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun yer ajratish, oliy oʻquv yurtlarida tahsil olish uchun kontrakt toʻlovlariga koʻmaklashish kabi masalalar yuzasidan murojaatlari, takliflari tinglandi. Yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va muammolarning har biri tuman hokimi tomonidan alohida nazoratga olinib, tegishli tarzda ijobiy hal etish yuzasidan ma’sullarga topshiriqlar berildi.
    Uchrashuvdan so‘ng tuman hokimi mahalladagi 25-sonli maktabda bo‘lib, yozgi ta’tilda o‘quvchi yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun tashkil etilgan to‘garaklar bilan yaqindan tanishdi hamda o‘quvchilar va ularning ustozlari bilan suhbatlashdi.








    Bosh sahifaga qaytish
ad

Nazarov Jahongir Baxramovich

Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani hokimi


     Sentyabr     
DuSeChPaJuShYa
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30 

Veb-sayt faoliyatini baholang?