Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining bir yuz o‘n ikkinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiya ishini tuman hokimi, xalq deputatlari Bogʻot tumani Kengashi raisi Jahongir Nazarov boshqarib bordi. Sessiya kun tartibiga tumanda mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan yoshlarning bandligini ta’minlash va ularning daromadini oshirish bo‘yicha qilingan ishlar, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan jamoatchilik fikri asosida shakllangan va ovoz berish yakuniga ko‘ra qo‘shimcha tanlab olingan loyihalarga mablag‘ yo‘naltirish hamda shu kunning boshqa dolzarb masalalari kiritildi. Shuningdek, sessiyada tuman hokimining o‘rinbosarlari tomonidan oylik ish rejalarining bajarilishi bo‘yicha hisobotlari ham eshitildi. Kun tartibidagi masalalar boʻyicha masʼul rahbarlarning hisobotlari eshitilib, deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalardan so’ng tegishli qarorlar qabul qilindi.