Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Кўриш қобилияти ожизлар учун
Матн ҳажми
Сайт ранги
Тасвирлар

    Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining bir yuz o‘n ikkinchi sessiyasi

    • Qog'ozga chop etish

    Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining bir yuz o‘n ikkinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiya ishini tuman hokimi, xalq deputatlari Bogʻot tumani Kengashi raisi Jahongir Nazarov boshqarib bordi. Sessiya kun tartibiga tumanda mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan yoshlarning bandligini ta’minlash va ularning daromadini oshirish bo‘yicha qilingan ishlar, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan jamoatchilik fikri asosida shakllangan va ovoz berish yakuniga ko‘ra qo‘shimcha tanlab olingan loyihalarga mablag‘ yo‘naltirish hamda shu kunning boshqa dolzarb masalalari kiritildi. Shuningdek, sessiyada tuman hokimining o‘rinbosarlari tomonidan oylik ish rejalarining bajarilishi bo‘yicha hisobotlari ham eshitildi. Kun tartibidagi masalalar boʻyicha masʼul rahbarlarning hisobotlari eshitilib, deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalardan so’ng tegishli qarorlar qabul qilindi. Sessiya tuman hokimligining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali jonli translyatsiya qilindi.



    Bosh sahifaga qaytish
ad

Nazarov Jahongir Baxramovich

Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani hokimi


     Oktyabr     
DuSeChPaJuShYa
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031 

Veb-sayt faoliyatini baholang?