DataLife Engine / Ochiq muloqot

Ochiq muloqot


Aholining murojaatlarini o‘rganish, kundalik hayotidagi ijtimoiy-maishiy muammolarga oqilona yechim topish maqsadida bevosita mahallalarda tuman hokimi Jahongir Nazarovning fuqarolar bilan yuzma-yuz uchrashuvlari tashkil etilmoqda. Ana shunday uchrashuvlarning navbatdagisi 1-sektor hududidagi mahallalarda istiqomat qilayotgan yoshlar hamda fuqarolar uchun tashkil etildi. Uchrashuvda 1-sektor hududidan 11 nafar fuqaro o‘zlarining murojaatlarini bildirdilar. Tuman hokimi fuqarolarning turmushida uchrayotgan muammolarni birma-bir tingladi. Muloqot jarayonida ishtirokchilar tomonidan yo‘llangan har bir murojaat tegishli soha mutaxassislarini jalb qilgan holda oʻrganilib, qonuniy hal qilish, fuqarolarga amaliy yordam berish choralari koʻrildi.

Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati
7-09-2024, 12:38
Вернуться назад