DataLife Engine / Kasb-hunar kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan ayollarga sertifikatlar topshirildi

Kasb-hunar kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan ayollarga sertifikatlar topshirildi


Bugungi kunda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularning o‘rta va oliy ta’lim muassasalarida o‘qishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ishsizlikka barham berish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ana shu maqsadlarda Bog‘ot tumanida ham yangi ish o‘rinlarini yaratish, ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash orqali moliyaviy ko‘mak berilib, bir qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, bugun “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan o‘qitilib, hamshiralik kurslarini a’lo baholarga tugatgan bir guruh xotin-qizlarga sertifikatlar topshirildi. Tuman hokimi Jahongir Nazarov barcha bitiruvchilarni muvaffaqiyatli qadam bilan tabrikladi, ularning kelgusi faoliyatlarida omad va zafarlar tilab, jamiyat ravnaqi uchun munosib hissa qo‘shishlariga umid bildirdi.

Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati
6-10-2024, 09:04
Вернуться назад