Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Кўриш қобилияти ожизлар учун
Матн ҳажми
Сайт ранги
Тасвирлар

Qalajiqqal'a

  • Qog'ozga chop etish


Qalajiqqal’a turistik majmuasi Bog‘ot tumanidagi madaniy meros obyekti va arxeologiya yodgorligi hisoblanadi. Qalajiqqal’aga miloddan avvalgi IV-III asrlarda asos solingan. Qalajiqqal’a O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktyabrda Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingan. Majmua O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq turizm salohiyati yuqori bo‘lgan madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritilgan. Qalajiqqal’a turistikmajmuasi Qoraqum cho‘lining o‘rtasida, Xorazm viloyati Urganch shahridan 90 km uzoqlikda joylashgan. Majmua hududida ikkita asosiy diqqatga sazovor joylar mavjud: yoshi taxminan 3000-yillik qal’a va shifobaxsh xususiyatlarga ega sho‘r ko‘l. Qalajiqqal’asho‘r ko‘l bo‘yida joylashgan bo‘lib, u qadimgi Xorazm hududidagi eng qadimgi qal’alardan biri hisoblanadi. Devorining balandligi 14 metr, kengligi esa 2,5 metr. Qal’a tepasidan Qoraqum cho‘lining qumtepalari ko‘rinib turadi. Cho‘l qumlari sug‘orish tizimiga ega qishloq xo‘jaligi yerlari bilan chegaradosh. Qalajiqqal’adagiko‘lga odamlar azal-azaldan davolanish uchun kelishgan. Ma’lumotlarga qaraganda ko‘l suvi revmatizm, bel og‘rig‘i, bo‘g‘im og‘riqlarini davolash uchun tabiiy va iqlim sharoitiga ega. Ko‘l suvini tashkil etuvchi foydali elementlar yurak-qon tomir tizimining faoliyatini yaxshilashga va qon aylanishini barqarorlashtirishga yordam beradi. Shuningdek, terini mikroblardan tozalaydi, asablarni tinchlantiradi, bo‘g‘imlarda va terida sodir bo‘ladigan salbiy jarayonlarni sekinlashtiradi va ko‘p hollarda davolaydi. Suvning bu shifobaxsh xususiyatlarining shuhrati bugungi kungacha saqlanib qolgan, shuning uchun bu yerga nafaqat respublikamizning boshqa hududlaridan balki butun dunyodan sayyohlar tashrif buyuradi.

Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati



Bosh sahifaga qaytish
ad

Nazarov Jahongir Baxramovich

Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani hokimi


     Sentyabr     
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930 

Veb-sayt faoliyatini baholang?